Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi» — O‘zA binosi bo‘yicha rasmiy munosabat berildi

«Tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi» — O‘zA binosi bo‘yicha rasmiy munosabat berildi

Toshkent shahar, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uyda joylashgan bino-inshootlar bugungi kunda bo‘sh ekanligi va ta’mirtalabligi sababli xususiylashtirilishi belgilangan, deyiladi Davaktiv rasmiy munosabatida.

Qayd etilishicha, ushbu bino Toshkent shahrining tarixiy arxitekturasini, shu jumladan, muhim «modernizm» qiyofasini aks ettirishini inobatga olib, uni saqlab qolish maqsadida savdoning quyidagi asosiy shartlari belgilangan:

  • O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA)ning ma’muriy binosi hamda Buxoro va Buyuk Turon ko‘chalari kesishmasidagi 4-qavatli ma’muriy bino («A.Navoiy teatri» tomonidagi qismi) tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolish;
  • kelgusida qurilish ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish.

Bildirilishicha, xaridor, mulkiy majmuaning ushbu qismlari tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolinishini ta’minlaydi, ta’mirlash ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiradi, agarda mazkur shartlar xaridor tomonidan buzilgan taqdirda, xususiylashtirish masalasi shartnoma talablariga asosan qayta ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring