Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Federal budjet oliy ta’lim muassasasi ochiladi

Toshkentda Federal budjet oliy ta’lim muassasasi ochiladi

Toshkent shahrida Federal budjet oliy ta’lim muassasasi «Sankt-Peterburg davlat universiteti» filiali ochilishi mumkin. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, filial kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda ta’limning kelishilgan asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi.

Filialda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ta’limning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • Filologiya (sharq tillari bo‘yicha);
  • Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo‘yicha);
  • Biotibbiyot (kimyo, biologiya, fizika, psixologiya va boshqalar).

Shuningdek, filialda ta’lim Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq, Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilangan ta’lim standartlariga mos ravishda rus tilida olib boriladi.

Qayd etilishicha, filial Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Toshkent shahri, Mirobod tumani, M.Oybek ko‘chasi 16-A-uy manziliga «nol» stavkadagi ijara to‘lovi asosida joylashtiriladi.

Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 20-iyuniga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring