26-aprel tongida qo‘rquvdan uyg‘ongan shahar. Toshkent zilzilasiga 57 yil to‘ldi (foto)
«O‘zarxiv» agentligi tomonidan arxiv ishi va ish yuritish holati mavzusida press-tur tashkil etildi. Tadbir doirasida Toshkent zilzilasi oqibatida yuz bergan vayronagarchiliklar aks etgan kichik fotosuratlar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.
1966-yil 26-aprel kuni soat 05:23da Toshkentda dahshatli zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘idagi silkinish magnitudasi 5,2, epitsentrdagi yer yuzasida seysmik ta’sir esa 8 balldan ortiq, chekka joylarda 6 ballni tashkil etgan.
Zilzila oqibatida 78 ming oila uysiz qolgan, 8 kishi halok bo‘lgan va taxminan 200 kishi jarohatlar tufayli shifoxonaga yotqizilgan.
1976-yil — fojianing 10 yilligi munosabati bilan Toshkentda zilzila oqibatlarining bartaraf etilishiga bag‘ishlangan «Jasorat» monumental majmuasi o‘rnatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter