Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent va Jizzax viloyatlarida bittadan yirik charm klasterlari tashkil etiladi

Toshkent va Jizzax viloyatlarida bittadan yirik charm klasterlari tashkil etiladi

Prezident Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan charmsanoatni rivojlantirishga doir videoselektor yig‘ilishida sohadagi eng asosiy masalalardan biri, bu – xom ashyo ekani ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, klasterlarda qoramolni ko‘paytirish bilan birga, aholi xonadonlari va terini qayta ishlash korxonalari bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil qilingan.

Lekin, yer ajratish va kredit masalasi to‘liq hal qilinmagani uchun barcha klasterlarning ham faoliyati hali yurib ketgani yo‘q. Masalan, 19 ta klasterga yetarli yer maydonlari ajratilmagan.

Aytilgan muammoli masalalardan kelib chiqib «Charmsanoat» uyushmasi faoliyatini tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, joriy yilda Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida bittadan yirik charm klasterini tashkil etish muhimligi aytildi.

Bunda ekologiyaga javob beradigan suv tozalash inshooti va bino qurish uchun 40 million dollar arzon resurs yo‘naltiriladi. Bu yerdagi tayyor loyihalarga 7 yilda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tabiiy va sun’iy charmdan mahsulot chiqaruvchi xorijiy brendlar joylashtiriladi.

Xorijiy brend jalb qilgan har bir korxonaga sorsing kompaniyalari uchun sarflangan xarajatni 30 ming dollargacha qismini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, 14 ta kichik sanoat zonasida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash, 11 ta chorva klasteriga ozuqabop ekin ekish uchun yer masalasini to‘liq hal qilish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring