Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimi deputat bo‘ldi

Toshkent shahar hokimi deputat bo‘ldi

Bugun, 2-iyul kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada dastlab Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining raisi Abdulla Magrupov  «Toshkent shahrida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari to‘g‘risida» ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri, Yunusobod tumani «Turkiston-53» saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga O‘zLiDePdan nomzodi ko‘rsatilgan Toshkent shahar hokimi – Shavkat Bo‘ronovich Umurzakov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangan.

Shuningdek, sessiya kun tartibidan Yakkasaroy va Yangihayot tumanlaridagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida, Toshkent shahridagi muqobil korxonalar tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini takomillashtirish, Xalq deputatlari Kengashida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotini eshitish kabi poytaxtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qator masalalar o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring