Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchilik guvohnomasini olishda yangilik joriy qilindi

Haydovchilik guvohnomasini olishda yangilik joriy qilindi

Nazariy va amaliy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar endi yangi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun tegishli tashkilotlarga sarson bo‘lib borishlariga hojat qolmadi. 

My.gov.uz orqali bu jarayon yanada oson va qulay bo‘ldi!

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma ma’lumotlar tizimda mavjud.

Tayyor guvohnomani, istasangiz, o‘zingizga eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga pochta xizmati orqali uyingizda qabul qilib oling.

my.gov.uz orqali tez, qulay va zamonaviy bo‘lgan ushbu imkoniyatdan foydalanib, vaqtingizni tejang. Arizani istalgan vaqtda bir nechta tugmalarni bosish orqali oson to‘ldiring.

Hatto murojaatingiz holatini ham real vaqtda kuzatib borishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring