Toshkent bilan yuz yil ortga qaytamiz (fotoreportaj)
Sizga kimdir roppa-rosa ellik-yuz yildan keyin, Toshkentni qanaqa tassavur qilasiz deb so‘rasa qanday javob berardingiz? Biror narsa deyish qiyin. To‘g‘rimi? Sababi bugungi texnika asrida, ayni vaqtda eng yaxshi smartfon, mashina yoki osmono‘par bino ertaga o‘rnini undan ham mukammalrog‘iga, undan ham yaxshirog‘iga bo‘shatib beradi. Ha, zamon shiddat bilan o‘zgarmoqda.
Mayli kelajakni qo‘ya turaylik. Ammo, sizda Xabar.uz bilan o‘tgan asrga qaytish imkoni bor. Bugun siz ko‘rib turgan baland binolar, tekis yo‘llar, o‘rnida bundan, 50-100 yil oldin nimalar bo‘lganligi sizga ham qiziqmi ? Unda maqolani oxirigacha o‘qing.
Mo‘ylovli mashhur transport nazoratchisi. U haqida juda ko‘p qiziqarli hikoyalar bo‘lgan. Ertalab suv sepilgan yo‘lda, 23 raqamli avtobus Chilonzordan poytaxt markaziga, uchta «Volga» va bitta «Moskvich» harakatlanib ketmoqda.
Maydondagi aylana yo‘lning torligi va undan kesib o‘tayotgan piyoda.
Xadra maydoni, Fotograf Yevgeniy Sklyarevskiy.
«Chorsu» bozori hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kelishi uchun qurilish ishlari olib borilayotgan yillar.
Ha, bu rasmlarni ko‘rgan odam o‘zgacha nostalgiyani his qiladi. Zamon, vaqt shiddat bilan o‘zgarganini farqlash qiyin emas. Kim biladi deysiz? Balkim, yana yuz yildan keyin, biz yashab turgan zamon ham kelajak avlod uchun nostalgiyaga aylanib qolar. Nima bo‘lganda ham hammasini vaqt ko‘rsatadi.
Javohir Aliqulov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter