Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tonirovka uchun ruxsatnoma berish tartibi o‘zgarishi mumkin - qaror loyihasi

Tonirovka uchun ruxsatnoma berish tartibi o‘zgarishi mumkin - qaror loyihasi

Vazirlar Mahkamasining «Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini onlayn ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hukumatning mazkur qarori bilan avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnomani onlayn tarzda berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib unga ko‘ra:

2021-yil 1-apreldan boshlab avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish faqat onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi;

Shuningdek «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari orqali murojaat etilganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanishi belgilanmoqda.

Qaror loyihasida, Ichki ishlar vazirligi zimmasiga quyidagi bandlar bajarilishi yuklatilgan;

- avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonining to‘liq avtomatlashtirilishini;

- avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati YaIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlash.

- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga esa;

- davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan YaIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;

- ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolar qo‘llashi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring