Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘ng‘izni otib o‘ldirgan shaxslar javobgarlikka tortildi

To‘ng‘izni otib o‘ldirgan shaxslar javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan birgalikda Angren shahri «Jigariston» MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida «Jigariston»  MFY tog‘li hududida fuqarolar I.Z. va Y.B. tomonidan ov qurolida to‘ng‘izni otib o‘ldirganlik holati aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, 7.500.000 so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanilib, hayvonot dunyosiga 16.875.000 so‘m zarar yetkazganligi uchun tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga yuborilgan.

Ov quroli Angren shahar ichki ishlar bo‘limiga topshirildi, deyiladi Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring