Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV Xitoyda yangi virus tarqalganidan ogohlantirdi

TIV Xitoyda yangi virus tarqalganidan ogohlantirdi

O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy rasmiy idoralari 2020-yil 11-yanvar kuni Uxan shahrida koronavirusning yangi tipidan vafot etgan birinchi fuqaro haqida xabar berdi.

Uxan shahri sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotga binoan bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.

Kasallik tarqatuvchisi «koronavirusning avval ma’lum bo‘lmagan tipi» hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi o‘rganib chiqildi.

Tashqi ishlar vazirligining xabarida aytilishicha, elchixona konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring