Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tana de Zulueta: «Biz saylovdan keyingi voqealar rivojini kuzatib boramiz»

Tana de Zulueta: «Biz saylovdan keyingi voqealar rivojini kuzatib boramiz»

Foto: «investigator.org.ua»

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi (YXHT/DIIH) kuzatuvchilar Missiyasi raxbari Tana de Zulueta 22 dekabr kuni Toshkent shahridagi 882-saylov uchastkasidagi ovoz berish jaraynlarini kuzatdi.

Zuluetaning fikricha, YXHT/DIIHning missiyasi O‘zbekistonga joriy yilning 25 noyabrida tashrif buyurib, bugungi kunga qadar butun mamlakat bo‘ylab Markaziy saylov komissiyasi bilan hamohang ishlab kelmoqda.

«Bizning missiyaga ishlarni tashkil etish uchun barcha imkoniyatlar yaratilib berildi. O‘zbekistonda saylovlarni kuzatish uchun birinchi marta YXHT/DIIH va Parlament Assambleyasidan, jami Tashkilotga a’zo 37 davlatdan 300 nafar kuzatuvchi tashrif buyurdi. Avvalgi yillarda cheklovlar mavjud edi, ammo hozir bunday emas. Bu mamlakat uchun foydalidir va O‘zbekistonga saylovlarni shaffofligini ta’minlashda yanada ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi», - deb ta’kidlab o‘tdi Tana Zulueta.

«Shuni aytib o‘tmoqchimanki, bizning missiya O‘zbekistonda 29 dekabrgacha o‘z ishini davom ettiradi. Biz saylovdan keyin voqealar rivojini va biron narsaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan lahzalarni kuzatib boramiz. Bizning yakuniy hisobotimiz keyingi yili e’lon qilinadi», - deb qo‘shimcha qildi Zulueta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring