Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar uchun yangi stipendiya joriy etiladi

Talabalar uchun yangi stipendiya joriy etiladi

Foto: Xabar.uz

Buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligi 2020 yilning oktyabr oyida keng nishonlanishi kutilmoqda. Bu Prezidentning tegishli qarori loyihasida keltirilgan.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, «Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi»ni ta’sis etish, Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga uning nomini berish hamda «Kamoliddin Behzod izdoshlari» miniatyura va xalq amaliy san’ati asarlari ijodiy tanlovini an’anaviy tarzda o‘tkazib borish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 2020-yilning 15-sentyabriga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi xiyoboni zamonaviy qiyofada qayta tashkil etilib, uning haykali bronzaga o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, atoqli namoyandaning hayoti va ijodi, uning Sharq tasviriy san’atiga qo‘shgan beqiyos hissasiga bag‘ishlangan hujjatli filmning tayyorlanishi belgilangan.

Qayd etilishicha, Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub asarlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga qaytarish bo‘yicha 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi» ham ishlab chiqiladi.

Qaror loyihasi bilan to‘liq shu yerda tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring