Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident suv xo‘jaligi sohasida keskin o‘zgarish qilishning birdan-bir yo‘li – raqamlashtirish ekanini ta’kidladi.

Nasos stansiyalariga 1,7 mingta «onlayn» nazorat qurilmasi va 12 mingta «aqlli suv» qurilmasi olib kelingan. Lekin ulardan olinadigan ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiladigan axborot tizimi yo‘q.

Shu bois, Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz suv iste’moli va uni hisobini yuritishning yagona axborot tizimini ishga tushiradi.

Hozirda suv solig‘idan tushumning 40 foizi tuman suvchilarida qolmoqda. Lekin, 27 ta tumanda undirilgan suv solig‘idan mablag‘ suv yetkazish xizmatlariga o‘tkazib berilmagan. Viloyat hokimliklariga bir haftada ushbu kamchilikni bartaraf qilish topshirildi.

Moliya vazirligiga bundan buyon suv solig‘idan tushum budjet va suvchilar o‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlanishini ta’minlash topshirildi.

Yig‘ilishda soha mutasaddilarining hisobotlari, fermer xo‘jaliklari rahbarlarining takliflari tinglandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring