Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryodagi janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryodagi janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq «Xabar.uz» Surxondaryoda bir guruh shaxslar ikki kishini kaltaklagani aks etgan videoni e’lon qilgan eldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 12:30 da Denov shahri avtomobil yo‘lida fuqaro U.A. Damas mashinasi bilan harakatlanib ketayotganda, VAZ Furgon mashinasi bilan yo‘l talashgan. Shundan so‘ng U.A. VAZ Furgon mashinasidan tushib kelgan voyaga yetmagan M.E. va fuqaro S.B. o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Biroz o‘tib, ular tarqab ketishgan.

Oradan 3 soat o‘tgandan so‘ng, M.E. va S.B. o‘zlarining tanishlari bilan birgalikda U.A. va U.R. lar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 8 nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aybdorlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘riladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring