Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Surxondaryoda poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Qumqo‘rg‘onda poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashib relsdan chiqib ketgan. Holat videosi  va fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, qum ortilgan yuk mashinasi Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining 220 km.dagi temir yo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan.

Guvohlarning aytishicha, haydovchi telefonda gaplashib ketayotib, poyezd kelayotganini ko‘rmay qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi «Yo‘l qurilishi» korxonasiga tegishli. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring