Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriya armiyasining Idlibga hujumi sabab to‘rt nafar Turkiya askari halok bo‘ldi

Suriya armiyasining Idlibga hujumi sabab to‘rt nafar Turkiya askari halok bo‘ldi

Foto:«AFP»

Suriya hukumati armiyasining terrorchi tashkilot Hayot Tahrir ash-Shomning qurolli guruhi nazoratidagi Idlib shahriga hujumi natijasida to‘rtta turk askari halok bo‘lgan. Bu haqda «Al-Jazeera» xabar berdi.

Turkiya Milliy Mudofaa vazirligining bildirishicha, hujum natijasida to‘qqiz askar yaralangan.

Ma’lum qilinishicha, Suriya qo‘shinlari turk kuchlarining pozitsiyalari haqida oldindan xabardor bo‘lishiga qaramay, Idlibni o‘qqa tutgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bunga javoban shunday dedi: «Biz ham qo‘l qovushtirib o‘tirmaymiz. Turk askarlariga qilingan hujumda aybdor bo‘lganlarning hammasini javobgarlikka tortamiz».

Rasmiy Damashq hozircha voqea yuzasidan izoh bermadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring