Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sputnik» mavzesidagi eskirgan 2 qavatli yog‘och uylar buziladi

«Sputnik» mavzesidagi eskirgan 2 qavatli yog‘och uylar buziladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Yo‘ldosh» («Sputnik») mavzesidagi eskirgan 2 qavatli 409 ta yog‘och uy buzilib, ularning egalarini zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylarga ko‘chirish dasturi boshlanadi.

Bunda ular uchun kelgusi besh yilda «Yangi Darxon» mahallasidagi 14 gektar hududda yangi ko‘p kvartirali uylar quriladi.

«Avariyaviy holatda bu uylar. O‘rniga yangi va sifatli uy qurilsa, to‘g‘ri tushuntirilsa odamlar o‘zi istaydi ko‘chishni. Agar birorta odam bu ota-bobomdan qolgan uyim, bu uy muzey men uchun, ko‘chmayman desa ko‘chirmaymiz» — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring