Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergeli mashina bozori buziladimi?

Sergeli mashina bozori buziladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi mashina bozori o‘rnida yangi istirohat bog‘i qurilishi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar hokimiyati hamda Sergeli bozori ma’muriyati bu xabarlarni rad etgan.

«Sergeli mashina bozori o‘rnida ko‘ngilochar maskan quriladi degan ma’lumotlar har xil telegram kanallarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda, ushbu ma’lumot noto‘g‘ri hamda tasdig‘ini topmagan. Hozirgi kunda Sergeli mashina bozorining o‘rniga ko‘ngilochar maskan qurilishi yuzasidan hech qanday rasmiy ma’lumotlar yo‘q», deydi bozor direktori o‘rinbosari Rufat Mavlonov.

Toshkent shahar hokimiyatining Kun.uz saytiga izoh berishicha, bozorni ko‘chirish ham, uning o‘rnida istirohat bog‘i qurish g‘oyasi ham kun tartibida yo‘q.

Mavzuga oid: Sergelidagi «bardak»: o‘z hududiga sig‘mayotgan mashina bozori qachon ko‘chiriladi? (foto)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring