Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1954 yilning so‘nggi jahon chempioni vafot etdi

1954 yilning so‘nggi jahon chempioni vafot etdi

Germaniya federativ respublikasi (GFR) terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan futbolchi Xorst Ekkel 89 yoshida vafot etdi. U o‘sha terma safida dunyo birinchiligini qo‘lga kiritgan so‘nggi chempion edi.

Ekkel 1954 yilda Shveysariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida GFR finalda Vengriyani 3:2 hisobida mag‘lub etgandi. Ekkel terma jamoa safida jami 32 ta o‘yin o‘tkazgan.

Nemis futbolchisi mamlakatda ikki marta (1951 va 1953 yillarda) chempion bo‘lgan «Kayzerslautern» va «Ryoxling Fyolklingen» klublarida ham o‘ynagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring