Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq vazir va yana 49 kishiga oid jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tadigan sana ma’lum qilindi

Sobiq vazir va yana 49 kishiga oid jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tadigan sana ma’lum qilindi

Oliy sud matbuot xizmati A. Voitov va boshqalarga oid jinoyat ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 15-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan A. Voitov (Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan) va boshqalarga hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan X. Karimov (Qishlok xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan) va boshqalarga oid jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish yuzasidan dastlabki eshituv o‘tkazilgan.

Dastlabki eshituv Jinoyat-protsessual kodeksining 405-6-moddasi talabiga muvofiq yopiq sud majlisida o‘tkazilib, uning natijasi bo‘yicha ikkita jinoyat ishi bitta ish yurituvga birlashtirilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, A. Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni 2024 yil 5 sentyabr soat 15.00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida boshlanadi.

Tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 168, 184, 185-2, 189, 205, 206, 28,209, 209, 211, 228 va 243-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

29 nafar sudlanuvchiga nisbatan «qamoqqa olish», 15 nafariga «garov»  va 6 nafariga «munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat» tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring