Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Shuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Bahtiyorjon Rasulovning joriy yil 27 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiya ishi davomida deputat O‘ktamjon Axunov xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga saylangan deputatlarning  partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat kengashi reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Andijon viloyati hokimi lavozimiga Prezident tomonidan Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevich nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qaroriga muvofiq, Shuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring