Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Koreya kovidsiz mamlakat degan nomga qanday erishdi?

Shimoliy Koreya kovidsiz mamlakat degan nomga qanday erishdi?

Foto: «Nash-israel.com»

Shimoliy Koreya qattiq izolyasiyaga tayanib, tashqi dunyo bilan yo‘lovchilar aloqasiga chek qo‘ydi. Bordi-yu, mamlakatda koronavirus bo‘lsa ham, faqat alohida o‘choqlari bo‘lishi mumkin, deb yozadi «Kp.ru».

«Darhaqiqat, Shimoliy Koreyada COVID-19 bilan zararlanishni rasman tasdiqlovchi birorta ham dalil yo‘q. Lekin bu uning u yerda, haqiqatan ham, yo‘qligini anglatmaydi. Ammo alohida o‘choqlar bo‘lganda ham, ehtimol, ular mahalliy xarakterga ega», — dedi Seuldagi Kunmin universiteti professori Andrey Lankov.

O‘z navbatida, zararlanishlar ko‘p bo‘lganida edi, mamlakat buni yashira olmasdi. Yaqinda Pxenyan JSST bilan mamlakatga 1,7 million doza bepul vaksina yetkazib berish bo‘yicha muzokaralardan voz kechishga qaror qildi. Bu shuni anglatadiki, vaziyat murakkab emas.

Qayd etilishicha, qattiq karantinga tayanilgan. Shimoliy Koreya hukumati esa bu borada chinakam mutaxassis hisoblanadi. Bundan tashqari, ma’lumotlarga ko‘ra, zararlanganiga zarracha gumon bo‘lganda ham, butun bir tumanlar yopilishi va uzoq vaqtgacha hech kim uyidan chiqa olmasligi mumkin edi.

O‘z navbatida, Shimoliy Koreyadan qochib ketgan nevrolog Choy Chon Xunning fikricha, u yerda koronavirus aniq bor. Shunchaki, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi shu darajada zaifki, u yerda, hatto eng oddiy kasalliklardan ham odamlar o‘lishmoqda va rejim xalqaro maydonda ishonchini yo‘qotmaslik maqsadida virusga qarshi kurasha olmasligini ko‘rsatishni istamayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring