Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha yangi formatdagi uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
ShHTning navbatdagi sammiti yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir qator muhim takliflarni ilgari surdi.
Xususan, O‘zbekiston rahbari ShHT - Afg‘oniston shaklida oliy darajadagi yangi uchrashuvlarni doimiy o‘tkazishni taklif qildi. Shavkat Mirziyoyev bunday uchrashuvning birinchisiga Toshkent mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi.
«Afg‘onistonning yangi rahbariyati bilan muhim aloqalarni tiklash orqali aloqalarimizni davom ettirish kerak. Shu bilan birga mintaqada ekstremizmning ehtimoliy o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Inson, shu jumladan, ayollar huquqari himoya qilinishini ta’minlash ham muhim masala», dedi Prezident Mirziyoyev.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti xalqaro va mintaqaviy hamkorlik, o‘zaro savdo va iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflarni ham bildirib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter