Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi va suv masalasida yig‘ilish o‘tkazmoqda

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi va suv masalasida yig‘ilish o‘tkazmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

Joriy yilda mamlakatimizdagi suv omborlarida o‘tgan yilga nisbatan ko‘p suv yig‘ilgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari bu holat xotirjamlikka berilmaslik lozimligini qayd etdi.

Dunyoda bir vaqtlar cho‘l bo‘lgan hududlarda yog‘ingarchilik ko‘payib, boshqa joylarda qurg‘oqchilik kengayib borayotgan sharoitda mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kanallarni betonlash bo‘yicha tanlangan yo‘l to‘g‘ri bo‘lgani ta’kidlandi.

Birgina 550 kilometr kanal va ariqlar betonlangani hisobiga 200 ming gektarda suv yaxshilandi, yiliga 450 million kub metr suv iqtisod bo‘layapti.

Suv boshqaruvi isloh qilinib, tuman darajasida suvni hisobga olish tizimi shakllandi, fermerlar suvni hisob-kitob qilishni o‘rgandi. Shaffof tizim tufayli bu yil yerga 2 karra ko‘p suv bordi, yana 6 milliard kub metr suv hisobi joy-joyiga qo‘yildi.

Yig‘ilishda sohada hali qilinadigan ishlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.

Klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga respublika bo‘yicha o‘rtacha 212 so‘m xarajat qilinayapti. Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida bu ko‘rsatkich 2-3 barobar yuqori.

Oxirgi yillarda 1 milliard dollar hisobiga Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Zang kabi yirik nasos stansiyalar modernizatsiya qilindi.

Lekin, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryoda o‘rta va mayda eskirgan nasoslar yangilanmagani uchun suv tannarxi oshib ketmoqda.

Betonlash hisobiga yo‘qotish 10-15 foizga kamaygan bo‘lsa-da, 20 ta tumanda yo‘qotishlar respublikada eng yuqori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring