Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev qaror qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev qaror qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi.

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida:

Yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda harbiy qismlar rahbarlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni qutlash uchun ularning yashash joyiga tashriflari tashkil etiladi;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda doimiy ravishda patronaj xizmati yo‘lga qo‘yiladi;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining istaklari asosida ularni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilishi ta’minlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

viloyatlar, shaharlar va tumanlarda bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Toshkent shahrida «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida, viloyatlarda «Vatanparvarlar» bog‘lari va boshqa belgilangan joylarda harbiy texnikalar namoyishi, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyasiyasini, jumladan, urush yillarining qo‘shiq va kuylari hamda tegishli sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etadi;

ko‘chalar va maydonlar bayramga bag‘ishlangan plakatlar va stendlar bilan bezatilishini ta’minlaydi.

Bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan asosiy marosimlarga temir yo‘l yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, zarur hollarda, tegishli kiyim-kechaklar bilan ta’minlanishi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy budjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida – O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2021-yil 9-may soat 21:00 da Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyutini tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring