Sharifa Davronova ikki karra jahon chempioniga aylandi
Peruda yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda yurtdoshimiz Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida g‘alaba qozonib, dunyo birinchiliklaridagi ikkinchi oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Davronova musobaqada 13.75 metr natija qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, u 2 yil muqaddam Kolumbiyadagi U20 jahon chempionatida ham oltin medal sohibi bo‘lgan edi.
Shuningdek, balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borgan Barnoxon Sayfullayeva 1.84 metrga sakrab, shaxsiy rekordini takrorladi. Afsuski, bu Sayfullayevaga sovrinli o‘rinlarga ko‘tarilish uchun kamlik qildi va u musobaqani 6-o‘rinda yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter