Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahrisabz tumani hokimi ishdan olindi

Shahrisabz tumani hokimi ishdan olindi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar talab darachasida emasligini ta’kidlagan.

Ayniqsa, fuqarolar murojaatlari, ta’lim tizimi, yo‘llar, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va eksport masalalariga umuman e’tibor qaratilmagan.

Tumandagi 30 ta maktablarda isitish tizimi yo‘q, 6 tasi ta’mirtalab. Maktabgacha ta’limga qamrov 47 foiz. Eng achinarlisi Prezidentimiz qarori bilan bugun viloyatdagi 20 000 ta ehtiyojmand oilaga 1 million so‘mdan naqd pul berilishi boshlangan edi. Ammo, ushbu tumanda 1040 nafar ehtiyojmand oila bo‘la turib, bugun ushbu xayrli ish amalga oshirilmadi. Sababi - mas’ullarda xisob-kitob bo‘lmagan.

Bugungacha tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Isroil Amanov vazifasidan ozod etildi va uning o‘rniga Muborak tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Hasanov Samad Ahatullayevich saylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring