Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyohlar o‘tgan yili Rimdagi Trevi favvorasiga 1,6 million yevro «atashdi»

Sayyohlar  o‘tgan yili  Rimdagi Trevi  favvorasiga 1,6 million yevro «atashdi»

foto: solidarnost.su

Rimga sayohatga borganlar Trevi favvorasiga albatta tanga tashlaydilar. Bu an’ana sayyohlarning sayohat xotiralarini boyitish uchundir balki. O‘tgan 2023-yilda favvoraga tashlangan tangalar rekord miqdorga yetdi – 1,6 million yevroni tashkil qildi deb, deb yozadi RIA Novosti yig‘ilgan mablag‘larni boshqaradigan Caritas xayriya tashkilotiga tayanib.

«Biz hozircha turli valyutadagi tangalarni yevroga almashtirish orqali aniq miqdorni hisoblab chiqmayapmiz. Gap 1,6 million yevro atrofidagi rekord summa haqida ketmoqda. 2022-yilda favvoradan 1 million 430 ming yevro yig‘dik», – deydi Caritas  vakili.

Tangalar favvorada haftada bir necha marta yig‘iladi. Buni Rim energetika kompaniyasi Acea xodimlari amalga oshiradilar. Ammo barchasi mavsumga va sayyohlar soniga bog‘liq.  Yig‘ilgan tangalar saralash va konvertatsiya qilish uchun qoplarga muhrlanadi.

Butun dunyodan yig‘ilgan 1,5 million yevro tangalar og‘irligi 33 tonnani tashkil qiladi. Caritas vakilining so‘zlariga ko‘ra, Trevi favvorasining yillik  «daromadi» o‘rtacha Rim muzeyining foydasidan oshadi. Masalan, Milliy Rim muzeyining yillik daromadi 1 million yevrodan sal ko‘proqni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring