Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samsung tarixida birinchi marta xodimlari ish tashlashdi 

Samsung tarixida birinchi marta xodimlari ish tashlashdi 

Foto: Bloomberg

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi tarixida birinchi marta xodimlari ish tashlash e’lon qilishdi.

Juma kungi bir kunlik ish tashlashda kompaniyaning taxminan 20 foiz xodimi qatnashgan. Xususan, operativ xotiralar, NAND flesh-chiplari, USB-saqlagichlar va SD-kartalar, Exynos protsessorlari, kamer datchiklari, modemlar, NFC chiplari, quvvatlash kontrollerlari va displeylar ishlab chiqarish bo‘limlarining xodimlari 7-iyun kuni ishlamadi.

Xodimlarning ommaviy noroziligiga kompaniya o‘tgan yildan boshlab bonuslar to‘lashni to‘xtatishi sabab bo‘ldi. Ayrim xodimlarning maoshi 30 foizgacha kamaygani aytilmoqda.

Ish tashlash rasman bir kunlik bo‘lgani uchun, Samsung kompaniyasi jiddiy yo‘qotishga uchramagani ta’kidlanmoqda. New York Times yozishicha, bu kompaniya rahbariyatini muzokaralar stoliga chaqirish umidida kasaba uyushmasining o‘z kuchini namoyish etishga urinishidir.

Agar masala yechimni topmasa va Samsung uzoq muddatli ish tashlashlarga o‘ralashib qolsa, sohani nima kutayotganini oldindan aytish mushkul. Kompaniya global bozorda salmoqli o‘ringa ega, ammo uning mahsulotlari o‘rnini raqobatchilari to‘ldirishi ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring