Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda kutubxona yondi

Samarqandda kutubxona yondi

14-mart, juma kuni soat 22:50 da Samarqand shahri Shoxruh Mirzo ko‘chasida joylashgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqamasi tasarufidagi kutubxonada yong‘in sodir bo‘lgan.

Viloyat FVB bergan xabarga ko‘ra, voqea joyiga 6 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb qilingan va soat 23:55 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning shift va tom qismi qisman yonib zararlangan.

Ushbu yong‘in kutubxonaning ma’muriy binosida sodir bo‘lgan hamda kutubxonadagi kitoblarga hech qanday zarar yetmagan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi anqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring