Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda avtobus ag‘darildi: qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Samarqandda avtobus ag‘darildi: qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Foto: YHXBB

Joriy yil 31-iyul kuni soat 01:45 larda, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, «Alijon» MFY hududidan o‘tuvchi M-37 «Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi» avtomobil yo‘lining 71-kilometrida, haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan E.U. «YUTONG» rusumli avtobusda «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotib yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubormaslik maqsadida rulni o‘ng tomonga burgan va boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus ag‘darilgan.

Natijada, avtobus salonida bo‘lgan, 24 yoshli J.N. shifoxonada va 40-45 yoshlar atrofida bo‘lgan (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) yo‘lovchi shifoxonaga olib borilayotganda, yo‘lda vafot etgan.

Shuningdek, yo‘lovchilar, 48 yoshli B.S., 29 yoshli A.A., 22 yoshli G.S., 48 yoshli M.B. va 35 yoshli D.A.lar turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring