Rossiyaliklar Toshkent viloyatida qiymati 15 mln dollar bo‘lgan zavod qurmoqchi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyat mas’ullari Rossiyaning Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev bilan onlayn muloqot olib bordi.
Muloqotda o‘tgan yillar davomida ikki tomon o‘rtasida qo‘shma loyihalar muvafaqqiyatli amalga oshirilgani qayd etildi. Nurafshon shahrida hamkorlikda ishga tushirilgan qiymati 10 million dollarlik salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati va kelgusida kengaytirish ishlari reja qilindi.
Endilikda, moskvaliklar viloyatda meva va sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, quritishga ixtisoslashgan umumiy qiymati 15 million dollarlik yana bir yirik loyihani amalga oshirmoqchi ekanligini ta’kidladi. Shu maqsadda Toshkent viloyati tomonidan yer ajratish va kommunikatsiya tizimi masalalarida ko‘mak zarurligi bildiriddi.
Ushbu taklif Zoyir Mirzayev tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Yangiyo‘l tumani eng maqbul hudud ekanligi ta’kidlandi.
Muloqot davomida Zoyir Mirzayevning Bo‘stonliq tumanida dam olish maskanlari barpo etish, ya’ni, mehmonxonalar, bolalar uchun sog‘lomlashtirish oromgohlari, sanotoriylar, dor yo‘llari qurish, shuningdek, xalqaro standartlarga mos viloyatda rus va ingliz tillariga ixtisoslashgan ta’lim muassasasi tashkil etish takliflari ham ijobiy ma’qullandi.
Ma’lum qilinishicha, o‘rganish ishlarini olib borish uchun Rossiya delegatsiyasi sentyabr oyida Toshkent viloyatiga keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter