Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Botir Alimov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan olindi

Botir Alimov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan olindi

Prezident yig‘ilishida Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Botir Alimov ishdan olindi

Toshkent viloyatida qishloq yerlari Andijondan 1,5 karra ko‘p. Lekin, yetishtiriladigan mahsulot hajmi bir xil. Viloyatda 1 gektardan o‘rtacha daromad Andijondan 2 karra, Namangan va Farg‘onadan 1,5 baravar, Buxorodan 1,3 baravarga kam.

So‘nggi uch yilda viloyatdagi 21 ming gektar yer dehqonchilik uchun 51 ming nafar aholiga berildi. Lekin, yil boshidan bor-yo‘g‘i 72 million dollarlik meva-sabzavot eksport bo‘ldi. Bu – o‘tgan yilgidan kam.

Viloyatdagi samarasiz 2 ming 200 gektar bog‘ va tokzor hisobiga yiliga 10 million dollar eksport yo‘qotilayapti.

Suv tejovchi texnologiya bo‘yicha Toshkent viloyati eng oxirgi o‘rinlarda. 

Bu borada viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B.Alimbekov Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tayyor qilib berilgan tizimni ishlata olmagani uchun lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring