Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch nafar o‘zbekistonlikda koronavirus bor deya gumon qilindi

Uch nafar o‘zbekistonlikda koronavirus bor deya gumon qilindi

Foto: «CentralAsia»

Rossiyaning Nijnevartovsk shahrida o‘zbekistonlik uch fuqaro koronavirusda gumon qilinib tekshirildi. Bu haqda «Ura.ru» xabar berdi.

Ular hozirda kasallanib qolgani uchun Tyumen shifoxonalaridan birida davolanayotgan xitoylik talaba qiz bilan bitta samolyotda uchishgan va o‘zaro muloqotda bo‘lishgan.

«Xitoylik talaba bilan muloqot qilgan o‘zbekistonliklar kasal emas, sog‘liqlaridan shikoyat qilishayotgani yo‘q, ahvollari yaxshi. Shunga qaramasdan, ular yotqizildi, analizi olinib, Novosibirskka jo‘natildi», — dedi Rospotrebnadzorning Nijnevartovskdagi bo‘limi boshlig‘i Viktor Perekokin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring