Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada vaksinani yaratish bosqichlari ma’lum qilindi

Rossiyada vaksinani yaratish bosqichlari ma’lum qilindi

Bugun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Kristian Lindmayer Rossiya litsenziyani qo‘lga kiritishdan oldin vaksinaning barcha zaruriy sinovlarini o‘tkazish zarurligini aytgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Rospotrebnadzor matbuot xizmatining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, «Vektor» markazining koronavirusga qarshi vaksinasi barcha majburiy talablar va me’yorlar, shuningdek, klinik sinovlarni o‘tkazish qoidalariga qat’iy amal qilingan holda ishlab chiqilmoqda.

«Koronavirusga qarshi «EpiVakKorona» vaksinasi Rospotrebnadzorning «Vektor» markazi tomonidan Rossiya qonunchiligida ko‘zda tutilgan barcha majburiy talablar va ma’yorlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilmoqda», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, markaz JSST tavsiyalarini kuzatib bormoqda.

«Klinik tadqiqotlar o‘tkazish qoidalariga qat’iy rioya qilinishi esa Rossiya aholisi uchun xavfsiz va sifatli vaksina ishlab chiqarish ishonchini oshiradi», deydi Rospotrebnadzor vakili.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring