Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Respublikadagi noqonuniy chiqindixonalar umumiy maydoni 721 gektarga yetgan

Respublikadagi noqonuniy chiqindixonalar umumiy maydoni 721 gektarga yetgan

Yil boshidan buyon «O‘zbekkosmos» agentligi tomonidan ekologiya yo‘nalishida olib borilgan kosmik monitoring natijalariga ko‘ra, ayni paytda Respublikaning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud.

Ulardan 123 tasi ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi 465,2 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etilmoqda. 

Xususan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar);
  • Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar);
  • Buxoro viloyatida 92 ta (91,7 gektar);
  • Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar);
  • Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar);
  • Qashqadaryo viloyatida 81 ta (79,3 gektar);
  • Andijon viloyatida 180 ta (42 gektar);
  • Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar);
  • Farg‘ona viloyatida 164 ta (51 gektar);
  • Toshkent viloyatida 363 ta (98,6 gektar);
  • Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar);
  • Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar).

Qayd etilishicha, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil yetilishi avvalo atrof muhit va yekologiyaga katta salbiy ta’sir o‘tkazib, tuproq, suv va havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan xavflidir. Qolaversa, zararli hasharotlar ko‘payishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda o‘pka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring