Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistika universitetida rektorga salom bermagan talabaning kaltaklangani aytilmoqda

Jurnalistika universitetida rektorga salom bermagan talabaning kaltaklangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba rektorga salom bermagani uchun o‘qituvchilar, jumladan OTM prorektori tomonidan kaltaklangani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Universitet ma’muriyati holat yuzasidan o‘rganish boshlanganini ma’lum qilgan.

«O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ma’muriyati hozirgina ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan universitetga doir xabar bo‘yicha ichki surishtiruvlarni boshlagan va masala barcha tarafdan to‘liq o‘rganilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, universitet tashkil etilganidan buyon bu kabi holatlar O‘zJOKUda kuzatilmagan va universitet jamoasi, ayniqsa, rektori tomonidan talabalarga nisbatan har qanday salbiy munosabat doim qoralanadi.

Biz universitet jamoasi bilan yuqoridagi kabi vaziyatlarga qarshi ekanimizni bildirib, holat bo‘yicha yaqin soatlarda aniq ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz», – deyiladi ma’muriyat munosabatida.

Mazkur munosabatdan so‘ng muassasa rektorining ham audio shaklidagi munosabati tarqatildi. Unda rektorning o‘zi shaxsan bu haqdagi xabarni ijtimoiy tarmoqlar orqali bilganini, holatga munosabati salbiy ekani va voqea ortidan kaltaklangan talabaga biror bosim bo‘lmasligini ta’kidlagan (audio yuqorida).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring