Rekord bir kundayoq yangilandi. Ilk bor kunlik ko‘rsatkich 300 nafardan oshdi
Shu yilning 3-iyul kuni mamlakatimizda 318 holatda kasallik aniqlandi. Bu yangi rekord. Bungacha eng ko‘p kasallanish holati 2 iyul kuni qayd etilgandi (297 holat).
CCV matbuot xizmati ma’lumotiga kщra, bugun kasallanganlarning 273 nafari Karantin muassasalarida, 45 nafari aholi orasida (shundan 37 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Andijon viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida) aniqlangan.
Avval xabar qilinganidek, bugun yurtimiz tibbiyot muassasalarida 217 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 212 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar) sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9396 nafar bemordan 6251 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3116 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 41 926 nafar, statsionar karantinda esa 22 438 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter