Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Razvedkachilarimiz «Altin uki—2019» xalqaro musobaqasida qatnashadi

Razvedkachilarimiz «Altin uki—2019» xalqaro musobaqasida qatnashadi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 28-avgustidan 6-sentyabrga qadar Qozog‘iston Mudofaa vazirligining «Spassk» o‘quv poligonida maxsus rezvedka guruhlari o‘rtasida «Altin uki—2019» xalqaro musobaqasi o‘tkaziladi.

Musobaqada 9 ta jamoa ishtirok etadi, ularning 5 guruhi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linmalari bo‘lsa, qolganlari Belarus, Hindiston, Rossiya va O‘zbekiston mudofaa idoralarining vakillari hisoblanadi.

Mazkur xalqaro musobaqaga kuzatuvchi sifatida Italiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya va Xitoy harbiy mutaxassislari jalb etilgan.

O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqada birinchi bor qatnashayotganiga qaramay, dastlabki bosqichdayoq yaxshi natijalarni ko‘rsatdi.

Birinchi bosqich yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi razvedkachilari Qozog‘iston va Belarus jamoalaridan keyin 3-o‘rinni egalladi.

Ishtirokchilar musobaqa davomida uzoq masofaga harakatlanish, yashirin hududni tayyorlash, qidiruv ishlarini olib borish, dushman bilan kutilmagan uchrashuvlarda taktik harakatlar, obektlar razvedkasi va ularni ishdan chiqarish, suvli to‘siqlarni bosib o‘tish kabi jami 12 ta murakkab bosqichlardan o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring