Rayyona Ibrohimova uchun 100 foizlik stipendiya ta’sis etildi
Markaziy Osiyo universiteti (CAU) o‘zbekistonlik iqtidorli o‘quvchi, nemis tili bo‘yicha olimpiada g‘olibi Rayyona Ibrohimovaga 100 foizlik stipendiya ajratilganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 800 000 000 so‘mlik stipendiya universitet kampusidagi o‘qishi va turar joy xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
Rayyona Ibrohimova Germaniyaning Gyottingen shahrida 15-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan nemis tili bo‘yicha jahon olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda dunyoning 62 davlatidan 100 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi. Rayyona nemis tilini mukammal bilish, ijodkorlik va jamoada ishlash qobiliyatlarini namoyish etib, birinchi o‘rinni egalladi.
«Rayyona Ibrohimova uchun stipendiyaning ta’sis etilishi universitetning eng qobiliyatli va zukko talabalarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlaydi. Universitet ushbu stipendiya Rayyonaning akademik va professional faoliyatida muhim qadam bo‘lishiga ishonadi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter