Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quyosh chaqnashlari davom etmoqda: magnit bo‘ronining davomiyligi Yerga qanday ta’sir qiladi?

Quyosh chaqnashlari davom etmoqda: magnit bo‘ronining davomiyligi Yerga qanday ta’sir qiladi?

Shanba oqshomida 20 yil ichidagi eng kuchli magnit bo‘roni sayyorani qopladi va bu tabiiy zarbalarning oxiri emas. Shu kuni butun dunyo bo‘ylab yuz minglab odamlar aql bovar qilmaydigan qudratli qutb yog‘dusining guvohi bo‘lishdi.

Foto «Rznastro» guruhidan olindi, 11 may.

Shimol ya’ni Moskva, Shimoliy Kavkaz, Armaniston, Kuba, Namibiya – ekvadorning narigi tomoni Antarktidada oq tun porladi.

Taxminan bir haftadirki, quyoshda dog‘larning katta guruhi harakatlanmoqda. Dog‘ning murakkab shakli, uning atrofidagi harakat – bularning barchasi shunchaki tugamasligiga shama qilmoqda.

Prognozga ko‘ra, 10 may kechasi bo‘ron bo‘lishi kutilgan va bashorat ajoyib tarzda amalga oshdi. Shu kuni mutaxassislar 1859-yil 1 sentyabrda Yer sayyorasi tarixdagi eng kuchli quyosh bo‘roni boshdan kechirgan voqealarga o‘xshash holatni kuzatishgan. Quyoshdagi chaqinlarning qanday vaziyatlarni keltirib chiqarishini bilganlarda qo‘rquv paydo bo‘ldi: barcha texnologiyalar o‘chishi, aloqa uzilishi kabi holatlar taxmin qilindi.

Quyosh to‘foni 11 may kuni kun bo‘yi davom etdi. Magnitometrlar eng yuqori balni ko‘rsatdi, ya’ni 9 balldan 9. Va  tungi 12 da yana bir bo‘ron ko‘tarildi. Qutbdagi yog‘du kunduz qizil rangda bo‘lsa, endi ular chiroyli yashil tasmalarga aylandi.

foto:Irina Dyachenko, Rostov viloyati 11 may.

12 may kuni soat tungi 2 da Moskva vaqti bilan bir zumga bulutlarning rangi yo‘qoldi, qisqa to‘lqinli stansiyalar jonlandi, bundan bir daqiqa oldin avj olgan magnitometrlar nolga tushdi.

Mutaxassislarning aytishicha: quyosh chaqnashlari davom etmoqda. Plazmaning yangi qismlari Yerga keladi. O‘sha birinchi xabarchilar ularga yo‘l ochib berdilar. Bo‘ronlar, chaqinlar – bularning barchasi biz bilan yana bir necha kun bo‘ladi.

Astronomlar ta’kidlashicha, Quyosh, boshqa yulduzlar singari, o‘zgaruvchan yorug‘likka ega. Bizning omadimiz shundaki, boshqa yulduzlar o‘zlarining yorqinligini yuzlab marta o‘zgartiradilar, portlaydilar, qobiqlarini tashlaydilar va shu bilan atrofdagi sayyoralarni butunlay yoqib yuboradilar.

Bizning quyoshimiz esa ajoyib barqarorlikni saqlaydi. Sun’iy yo‘ldoshlarning aniq o‘lchovlari shuni ko‘rsatadiki, nurlanish oqimi, albatta, bir oz o‘zgaradi, lekin faqat tushunib bo‘lmaydigan foizlarda. Aynan shuning uchun Yerda hayot bo‘lishi mumkin va faqat yerda bunday barqaror yulduzlar mavjud.

Ammo yulduzning tabiatini yo‘q qilib bo‘lmaydi. Quyoshning faolligi taxminan 11,5 yil davomida o‘zgarib turadi. Nima uchun aynan bu davrni hech kim bilmaydi. Faollik Quyoshning tashqi qobig‘ida portlashlar – chaqnashlar sodir bo‘lishida ifodalanadi. Disk bo‘ylab emas, balki anomal zonalarda. Bu zonalar ortib borayotgan magnit maydon mavjudligi bilan tavsiflanadi. Maydon plazmani bog‘laydi, soviydi – dog‘lar shunday paydo bo‘ladi. Lekin issiqlik bir joyga ketishi kerak. Dog‘lar yaqinida issiq geyzerlar – mash’alalar ko‘piklanadi. U energiyaga ega bo‘lganda, u portlaydi. Va ba’zi narsalar uchib ketadi. Quyosh portlaganda jahannam olovi qayerga ketadi, albatta bizning sayyoramizga. Ammo uni yutib yuboradigan magnit maydon bor, ya’ni quyoshdan uzilgan olovli parchalar yerga yetib kelgunicha bir necha kun yo‘l bosadi va o‘sha magnit maydonida yo‘q bo‘lib ketadi.

Aytgancha, u, ya’ni magnit maydonining qayerdan kelganini hech kim bilmaydi. Boshqa sayyoralarda deyarli yo‘q. Magnit maydon begona plazmani ushlaydi va uning kuch chiziqlari bo‘ylab aylana boshlaydi. Natijada, u ulkan balandlikda xavfsiz «yonib ketadi».

Lekin bu unchalik oddiy emas. Magnit maydoni zarba olgandan so‘ng, ya’ni portlagan quyosh parchalari yetib kelgandan so‘ng atrof bir muddat  «g‘imirlaydi». Va biz buni magnit bo‘ron sifatida qabul qilamiz. Bu «xum» – bo‘ronning asosiy zarari. Maydon kuchi o‘zgaradi. Ionosfera, bizning boshimiz ustidagi zaryadlangan qatlam buziladi. Shikastlangan ionosfera radioto‘lqinlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi va atmosfera elektr energiyasining muvozanati buziladi.  

Quyosh hali o‘zining eng yuqori faolligiga erishmagan. Olimlar hali bunday narsalarni aniq bashorat qila olishmaydi. 11,5 yil (eski manbalarda ular odatda 12 yil deb ko‘rsatilgan) bu faqat taxminiy sikl. Ammo maksimal darajaga 2024-yilning ikkinchi yarmida yoki kelgusi yilda erishilishi mumkin.

Qisqa vaqt ichida faollik 27 kunlik davr bilan davom etadi – bu Quyosh o‘z o‘qi atrofida aylanadigan vaqt – iyun oyida kuchli bo‘ronlar bo‘lishini anglatadi.

Magnit bo‘roni ob-havoga ta’sir qilishi mumkinmi?

An’anaviy nuqtai nazarga ko‘ra, yo‘q. Ammo shunday faktlar paydo bo‘lmoqdaki, ha. Biz ionosferani eslatib o‘tdik. Aynan u atmosferaning elektr rejimini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida bulutlar va siklonlarni harakatga keltirishi mumkin. Magnit-atmosfera rezonansining gipotezasi mavjud. Taxminlarga ko‘ra, quyosh faolligi yuqori bo‘lgan yillarda atmosfera tebranishlarni keltirib chiqaradi va ob-havo beqaror bo‘ladi. Shu munosabat bilan ular yozda kutilmagan hodisalar bo‘lishi kutilayotganini aytishadi: issiqning o‘rtasida Arktika «bosqinlari». Ammo meteorologlar buni hali tasdiqlamadi.

Texnologiya haqida nima deyish mumkin?  

Avvallari radioaloqadagi uzilishlar tez-tez uchrab turardi. Bu yil uyali aloqaga ta’sir ko‘rsatmadi va internet uzilmadi. Ammo Ilon Mask o‘zining bir qancha sun’iy yo‘ldoshlari ishdan chiqqanini ma’lum qildi.  Va ikkita variant bor. Yoki bo‘ronning kuchi 1859 yildagidan ancha past edi, o‘shanda hamma elektr (ko‘p emas) shunchaki yonib ketgan. Yoki biz texnologiyani Quyoshning injiqliklaridan himoya qilishni o‘rgandik. Hozircha buni bilish mumkin emas. Axir, 1859 yilda bo‘ronning kuchini o‘lchash amalga oshirilmagan, hamma narsa ko‘z bilan, taxminiy o‘lchangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring