Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorinni yo‘qotish uchun nonushtaga nima iste’mol qilgan ma’qul?

Qorinni yo‘qotish uchun nonushtaga nima iste’mol qilgan ma’qul?

Foto: «Joseph Gonzalez / Unsplash»

Amerikalik diyetolog Brenda Peralta vazn yo‘qotish uchun ideal nonushta haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Eat This, Not That! nashri xabar berdi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, odamlarga ertalab oqsil va kletchatkaga boy mahsulotlar zarur.

«Vazn tashlash va qorinni tekis saqlashga harakat qilayotganda, taomnomaga qo‘shish mumkin bo‘lgan eng yaxshi oziq modda oqsildir», – deydi u.

O‘z navbatida, kletchatka ovqat hazm bo‘lishiga hamda uzoq vaqt davomida ochlikni yengishga yordam beradi.

Peralta omlet yoki sabzavot, eng yaxshisi, qovoq, pomidor, garmdori yoki ismaloq bilan nonushta qilishni tavsiya etadi. Bundan tashqari, ertalab meva yoki bir bo‘lak qora non hatto avokado bilan ham iste’mol qilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring