Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi YPX xodimini urib ketdi

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi YPX xodimini urib ketdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB YPX otryadi 3-chi safarbar guruhi inspektori, safdor Daniyar Qairboyev o‘z xizmat vazifasini bajarish paytida halok bo‘ldi.

Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi. 

2021-yil 21-mart kuni Mo‘ynoq tumani hududidagi avtomobil yo‘lida o‘z xizmat vazifasini bajarish vaqtida UAZ-3303 rusumli avtotransport vositasini to‘xtatish vaqtida uni mast holda boshqarib kelayotgan haydovchi inspektorni urib yuborishi oqibatida tan jarohati olgan inspektor shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring