Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

8,1 mlrd so‘mlik qonunga zid davlat xaridlari aniqlandi

8,1 mlrd so‘mlik qonunga zid davlat xaridlari aniqlandi

Foto: Xabar.uz

8,1 mlrd so‘mlik 24 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan qariyb 8,1 mlrd so‘mlik 24 ta davlat xaridida sohaga oid qonunchilikka zid holatlar aniqlandi.

Jumladan:

- Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi buyurtmachiligida 1,4 mlrd so‘mlik issiq ovqat yetkazib berish xizmati;

- Izboskan tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 1,3 mlrd so‘mlik tibbiy jihozlar xarid qilish;

- Muzrabot tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasi buyurtmachiligida 1,3 mlrd so‘mlik yo‘llarni ta’mirlash xizmati ko‘rsatish;

- «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» qoshidagi Bino inshoot va jihozlarning kapital ta’miri bo‘yicha direksiya AJ buyurtmachiligida 796 mln so‘mlik binolarni ta’mirlash xizmati ko‘rsatish;

- Denov tumani tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 735 mln. so‘mlik issiq ovqat yetkazib berish xizmati;

- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti buyurtmachiligida 337 mln so‘mlik ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish;

- Mirishkor tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida 88 mln. so‘mlik ofis jihozlari xarid qilish;

- «Qipchoq yo‘llardan muntazam foydalanish» davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida 49 mln. so‘mlik qurilish mollari sotib olish;

- Yoshlar ishlari agentligi Narpay tuman bo‘limi buyurtmachiligida 47 mln so‘mlik texnik jihozlari xarid qilish;

- Narpay tuman 13-son bolalar musiqa va san’at maktabi buyurtmachiligida 30 mln so‘mlik qurilish mollari sotib olish yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek:

- Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi buyurtmachiligida 612 mln so‘mlik nasoslarga texnik xizmat ko‘rsatish;

- Buxoro arxitektura va qurilish texnikumi buyurtmachiligida 600 mln. so‘mlik issiq ovqat yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish;

- «Yoshlik kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida 239 mln so‘mlik montaj-pardozlash xizmatlari ko‘rsatish;

- Payariq tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida 75 mln so‘mlik maxsus texnikalarni joriy tamirlash yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, Asaka Agrotexnologiyalar texnikumi buyurtmachiligida 442 mln. so‘mlik texnik jihozlarni xarid qilish yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida baholash jarayonida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof tarzda o‘tkazilishining oldi olindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring