Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qariyb 10 milliardlik davlat xaridi bekor qilindi

Qariyb 10 milliardlik davlat xaridi bekor qilindi

Foto: Xabar. uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qator davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqladi.

Xususan:    

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ buyurtmachiligida 20 mart kuni Qashqadaryo viloyatida paxta maydonlarini tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish yuzasidan o‘tkazilgan 9,4 mlrd so‘mlik;

«Oqdaryo tuman yo‘llardan foydalanish» korxonasi buyurtmachiligida 28 mart kuni qurilish ishlarida foydalanish uchun sheben (chaqilgan tosh) mahsulotini sotib olish yuzasidan o‘tkazilgan 2,5 mlrd so‘mlik

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti buyurtmachiligida 12 mart kuni 100 nafar talabaga ingliz tilini o‘rgatish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 150 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda affillangan shaxslar g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek:

- «Hududgazta’minot» AJ buyurtmachiligida 7 mart kuni soliq maslahati xizmatini ko‘rsatish  yuzasidan o‘tkazilgan 1,2 mlrd so‘mlik;

«Farg‘onayo‘lko‘kalam» UK buyurtmachiligida 27 fevral kuni 4 turdagi daraxtlar ko‘chatlari xarid qilish  yuzasidan o‘tkazilgan 289,5 mln so‘mlik;

- Urganch davlat universiteti buyurtmachiligida 6 mart kuni suzish fanida foydalanish uchun suzish havzasi xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 2-Qo‘qon shahar hokimligi buyurtmachiligida 15 mart kuni respublika, viloyat va shahar miqyosida tashkil etiladigan tadbirlarga borib-kelishda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 212 mln so‘mlik;

- Hayvonlarni identifikatsiya qilish ro‘yxatga olish va kuzatish markazi buyurtmachiligida 12 mart kuni o‘tkazilgan hayvonlarning identifikatsiya raqami tashuvchilarining atributlariga qo‘yiladigan umumiy talablar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi milliy standartini ishlab chiqish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan  120 mln so‘mlik;

«Namangan yo‘l qurilish-ta’mirlash» MChJ buyurtmachiligida 14 mart kuni ob’yektda yo‘l qurish jarayonida suv tashish va sepish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan  o‘tkazilgan 120 mln so‘mlik davlat xaridlarida ishtirok etgan tadbirkorlarning hujjatlari Xarid komissiyasi raisi va a’zolari foydalangan qurilma (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklanganligi va shu tariqa manfaatlar to‘qnashuvi holatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash bayonnomalarini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachilarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi va to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilindi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring