Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirolning ahvoli qanday?

Qirolning ahvoli qanday?

Foto: Instagram.com/theroyalfamily

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saraton xastaligi bilan qanday kurashayotgani haqida PA Media agentligi qirol saroyidagi manbalariga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, saratonni davolashda o‘zgarishlar ijobiy.

«Garchi davolanish juda yaxshi ketayotgan bo‘lsa ham, salomatlikka e’tibor birinchi raqamli bo‘lishi shart», — deyiladi xabarda.

Ogohlantirishda jon bor, negaki, 75 yoshli qirol kasalligi boshlangan paytdan buyon zimmasidagi vazifalarni ortig‘i bilan ado etib, hali ko‘p narsaga qodirligini ko‘rsatishni istab keladi.

Ona qirolicha Yelizaveta II vafotidan so‘ng, qirol Charlz taxtga o‘tirganining bir yilligi munosabati bilan, 8-sentyabrda cherkovga borib, kunni toat-ibodatda o‘tkazmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring