Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qatar-2022: Jahon chempionatining boshlanish sanasi o‘zgarishi mumkin

Qatar-2022: Jahon chempionatining boshlanish sanasi o‘zgarishi mumkin

Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionatining boshlanish sanasi o‘zgarishi mumkin. FIFA ochilish o‘yinini bir kun avval o‘tkazishni taklif qildi.

Aslida Qatar-2022 o‘yinlari 21-noyabrdan 18-dekabrgacha o‘tkazilishi belgilangan edi. FIFA nega startni bir kun ilgari bermoqchi? Sababi hozircha oshkor qilinmagan.

Chempionatni 21-noyabrda emas, 20-noyabrda o‘tkazish taklifi ilgari surilgan. Bu Qatar va Ekvador o‘rtasidagi ochilish o‘yini bir kun oldinga surilishini anglatadi. Yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q. Kutamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring