Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshi shahrida karantin cheklovlari yumshatiladi

Qarshi shahrida karantin cheklovlari yumshatiladi

Foto: «NasafNews»

3-avgustdan boshlab avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga, shuningdek, Qarshi shahriga kirish-chiqishga faqatgina kunning muayyan vaqtida — soat 07:00 dan 10:00 gacha va 18:00 dan 21:00 gacha tegishli hudud doirasida harakatlanishga ruxsat berildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Bunda avtomobillar harakatiga fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun ruxsat etildi.

Bundan tashqari Qarshi shahar hokimligi qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya qaroriga asosan shaharda 3-avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi.

4-avgustdan boshlab sartaroshxona va go‘zallik salonlari (maxsus talablar asosida) faoliyatlarini davom ettirishlariga ruxsat etiladi.

Shuningdek, epedimiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda karantin talablari yumshatilib boriladi hamda buyum bozorlari, umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring