Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarindoshining hujjati bilan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi

Qarindoshining hujjati bilan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi

Foto: «Gazeta.uz»

Chegarachilar qarindoshining hujjati bilan O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga oldi.

30-may kuni o‘bek-qirg‘iz chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro avtoyo‘l o‘tkazish punktida boshqa pasport bilan O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirib olishga uringan qoidabuzar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari vakili «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Shaxsni aniqlash jarayonida u Qirg‘iziston fuqarosi Doniyor Abdusattorov bo‘lib chiqdi. Surishtiruv vaqtida u o‘z pasportini yo‘qotib qo‘ygani, shundan so‘ng amakivachchasi Kutmanbek Nurdinov hujjati bilan chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

Dastlabki tegrov olib borilmoqda, uning yakunlari bo‘yicha qoidabuzarga nisbatan qonunchilik doirasida choralar ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring