Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX Chegara qo‘shinlari o‘zbek harbiylari va qirg‘iz cho‘ponlari o‘rtasidagi kelishmovchilik yuzasidan bayonot berdi

DXX Chegara qo‘shinlari o‘zbek harbiylari va qirg‘iz cho‘ponlari o‘rtasidagi kelishmovchilik yuzasidan bayonot berdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida harbiylarimiz va qirg‘izistonlik cho‘ponlar o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.

DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmatining bayonot berishicha, joriy yil 6-yanvar kuni soat 13:30larda Namangan viloyati Pop tumanining Oq-Kurcha hududida o‘zbek chegarachilari davlat chegarasini buzgan shaxslarni payqashgan. Ular O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidan 1,5 km masofa ichkariga kirib kelib, 500taga yaqin mayda shoxli qoramolni o‘tlatib yurishgan.

O‘zbekiston Respublikasi chegarachilarining chegara buzilgan joyga yetib kelguniga qadar, qirg‘iz cho‘ponlari podaning katta qismini Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-Buqa tumani Arab aholi punktiga olib o‘tishga ulgurgan. Podaning qolgan qismi ko‘rsatilgan hududda qolgan.

Yo‘nalish va erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston chegarachilari qoramol hamda qo‘shni davlat fuqarolarini Qirg‘iziston Respublikasi hududiga chiqarib yuborishdi.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi chegara idoralari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, chegara hududi aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda, deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring